Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi ABC Design (Latviya) nashriyoti bilan birgalikda bolalar uchun mo'ljallangan kitobning o'zbek tilidagi nashrini taqdim etdi.
Tadbirda:
Saida Mirziyoyeva - Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi kengashi raisining o'rinbosari;
Gayane Umerova - Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasining ijrochi direktori;
Agrippina Shin - Maktabgacha ta'lim vaziri;
Sherzod Shermatov - Xalq ta'limi vaziri
ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Xalq ta'limi va Maktabgacha ta'lim vazirliklariga 200 ta dan kitob topshirildi.
Bolajonlar uchun esa mahorat darslari, qo'g'irchoq spektali, viktorinalar, shuningdek, Politexnika muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.