Imzolovchi taraflar o'rtasida Fransuz madaniyati markazini rivojlantirish uchun birgalikda faoliyat olib borish to'g'risida kelishildi. Markaz ijodiy faoliyatni amalga oshirish, fransuz madaniyatini ommalashtirish va keng tarqatish uchun ko'p tarmoqli muassasaga aylanadi. Markazga Parijning Fransuz instituti tomonidan ishlab chiqilgan platformalar, manbalar va ta'limdan foydalanish imkoniyati taklif etiladi.
O'zbekistonning madaniyat sohasidagi innovatsion yondashuvni, shuningdek fransuz va o'zbek badiiy-intellektual ijodini targ'ib qilish har ikkala tomon faoliyatining ustuvor vazifalari deb belgilandi.