Bugun, Sharq miniatyura san'ati YUNESKO Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga kiritildi.

O‘qish vaqti: 1 min.

Sharq miniatyurasi dunyo san'ati tarixidagi noyob hodisa bo'lib, u dunyoga bo'lgan o'zgacha qarashlari bilan diqqatni o'ziga tortadi, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi ko'plab xalqlarning badiiy tajribalarini birlashtiradi.

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi yurtdoshlarimizni bunday muhim voqea bilan tabriklaydi. Bu nafaqat muhim va ayni paytda tantanali lahza, balki insoniyatning madaniy merosini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko'rish bilan bog'liq bo'lgan uzoq va mas'uliyatli yo'lni davom ettirishdir.