Biz Samarqanddagi “Ipak yoʼli” turizm xalqaro universitetida muzeyshunoslik boʼyicha bir yillik “MA in Museum Studies” magistrlik dasturida oʼqish uchun 10 ta grant taqdim etishga tayyormiz!

O‘qish vaqti: 3 min.

Muzey madaniyati, koʼrgazmalari va tijorati sohasida mamlakatimizning muzey ishi boʼyicha mutxassislarni jiddiy tayyorlashga moʼljallangan birinchi magistrlik dasturi hisoblanadi. Mazkur oʼquv dasturiga kurator, oʼqituvchi va yozuvchi, ekspert-maslahatchi Sara Reza rahbarlik qiladi. Sanʼat, savdo va huquq ohasida taniqli mutaxassis Jeffri Boloten bilan birgalikda ular turli mintaqa va mamlakatlarning talabalari uchun ushbu kursni oʼtash va xalqaro darajadagi diplomni olish imkoniyatini beradigan moslashuvchan format yaratdilar.

Tanlov bosqichlari:
1. Grant dasturida qatnashish uchun Jamgʼarmaning acdf.uz veb-sayti orqali ariza berish mumkin
• Bakalavriat transkriptining nusxalari (ingliz tiliga tasdiqlangan tarjimasi)
• Bitta tavsiyanoma (oldingi oʼqituvchi, murabbiy, rahbar yoki professional maslahatchi tomonidan, qarindoshlarning tavsiyanomalari qabul qilinmaydi)
• 500 ta soʼzdan iborat motivatsiya xati (ushbu kursga ariza berish sabablari va kelajakdagi maqsadlari)
2. Ikkinchi bosqichga oʼtgan ishtirokchilarning komissiya bilan yuzma-yuz suhbati
Nomzodlarni tanlash mezonlari:
• birinchi oliy maʼlumot olish toʼgʼrisidagi diplomning mavjudligi;
• ingliz tilini bilish (B2-C2 ni bilish darajasi);
• akademik oʼzlashtirishi;
• ilmiy va tadqiqot ishlari;
• umumiy zakovati;
• tahlil qilish qobiliyati;
• tashkilotchilik qobiliyati;
• rivojlanish motivatsiyasi;
• ijtimoiy faollik;
• tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari hamda uning mamlakatda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishdagi rolini tushunishi.
Nomzodlar uchun umumiy shartlar:
• Ishtirokchilar bir vaqtning oʼzida bir nechta grant dasturlari gʼolibi boʼla olmaydi;
• Jamgʼarma nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʼgʼri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, tanlov natijalarini istalgan bosqichda bekor qilish huquqiga ega;
• Grant dasturi gʼolibi taʼlim (magistr) darajasini olgandan soʼng uch oy ichida Jamgʼarmaning stipendiya komissiyasi qarori bilan madaniyat va sanʼat muassasalariga ishga joylashtiriladi. Ishlash muddati: kamida bir yil.

Tanlovning umumiy taqvimi:
• 10.10.2021 yilgacha – grant dasturiga arizalarni qabul qilish;
• 12.10.2021 yilgacha – birinchi bosqich arizalarini koʼrib chiqish;
• 14.10.2021 – birinchi bosqich natijalarini eʼlon qilish;
• 16.10.2021 – ikkinchi bosqichga oʼtgan ishtirokchilarning komissiya bilan yuzma-yuz suhbati;
• 18.10.2021 – tanlov natijalarini sarhisob qilish;
• 20.10.2021 – gʼoliblarni eʼlon qilish

Boʼlajak talabalar bakalavr darajasiga ega boʼlishi va Samarqanddagi “Ipak yoʼli” turizm xalqaro universitetining “MA in Museum Studies” muzeyshunoslik dasturiga qabul qilinganligi haqida xabarnomaga ega boʼlishi lozim. Arizalarni qabul qilish: http://admissions.univ-silkroad.uz/ 
Kurs sanʼat sohasida bilimlarga ega boʼlgan talabalarga moʼljallangan boʼlsa-da, Jamgʼarma turli tajribaga ega boʼlgan nomzodlarni koʼrib chiqish uchun ochiq.

Hujjatlarni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1i4p2e_0pueYXxQFRAeeOisFDX1OB2Rm-4jWrAFBzcj0/edit