Ma'lumki, Jamg'arma O'zbekiston birinchi Milliy pavilyonining komissari vazifasini bajaradi. Ayni paytda ko'rgazma yaratish bo'yicha faol ishlar olib borilmoqda.
Videokonferensiya ishtirokchilari hamkorlikni davom ettirishdan umumiy manfaatdorliklarini bildirdilar va mamlakatimizning biyennaledagi ishtirokini muhokama qildilar.
Pavilyonni tashkil etish bo'yicha janob Chikutto, Tashkiliy qo'mita raisi Aziz Abduhakimov, Jamg'arma Kengashi raisining o'rinbosari Saida Mirziyoyeva va barcha ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va ko'rgazma ustida ishlashni davom ettiramiz. Bu haqda biz yana albatta yozamiz.
Bizning pavilyonimiz kuratorlari Emmanuel Krist va Kristof Gantenbayn uchrashuv ishtirokchilariga loyihani taqdim etdilar va loyihaning maqsadlari, tadqiqotlar jarayonini iloji boricha aniqroq aks ettira oldilar. Bu ham tashkilotchilarda alohida bir qiziqish uyg'otdi.