Stipendiya tanlovi.
Stipendiyani yutib olish bo’yicha tanlov grant dasturining ayrilmas qismidir.
Tanlovda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimiga tegishli oliy ta’lim muassasalаrining bakalavr va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.
O'z bilim va malakalari bilan bo'lisha oladigan, yangi g'oyalar yaratadigan va ularni hayotga tadbiq qilishga qodir, har bir qilayotgan ishining natijasi uchun shaxsiy javobgarlikni o'z zimmasiga oladigan, atrofida jamoani birlashtirib, umumiy maqsadga erishish yo'lida jamoani ilhomlantirishga tayyor bo'lgan ijodkorlar tanlov g'olibi bo'lishi mumkin. 2018 yil sentyabr oyining oxirigacha, 2018-2019 o’quv yillarga mo'ljallangan yillik shartnoma miqdori bo'yicha stipendiya to'lanadi.
Baxolash mezonlari:
- akademik natijalar;
- ilmiy va tadqiqot ishlari;
- analitik qobiliyat;
- tashkilotchilik qobiliyati;
- rivojlanishga motivatsiya;
- ijtimoiy faollik;
- tanlangan soxaning ijtimoiy axamiyatini anglash.
Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – sirtqi, yani, motivatsion xat va biron-bir mavzudagi bakalavr dissertasiyasi haqida qisqacha tezisni o'z ichiga olgan yozma ariza asosida bo'lib o'tadi.
Ikkinchi bosqich – intervyu, keysga yechim topish darajasini baxolash, xamda boshqa guruh va yakka tartibdagi baxolash yo’llari bilan amalga oshiriladi.
Tanlov jadvali:
- arizalarni qabul qilish: 2018 yil 25 sentyabrgacha;
- birinchi bosqichda qabul qilingan arizalar ekspertizasi: 2018 yil 25 dan 27 sentyabrgacha;
- birinchi bosqich natijalarini e’lon qilish: 2018 yil 28 sentyabr;
- ikkinchi bosqich ekspertizasi: 2018 yil 29 dan 30 sentyabrgacha;
- tanlov yakunini umumlashtirish: 2018 yil 1 dan 5 oktyabrgacha;
- g’oliblarni e’lon qilish: 2018 yil 6 oktyabr;
- tanlov g’oliblari uchun jadval:
- tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida tanlov g’oliblari bilan shartnoma tozish;
- stipendiyalar to’lovini amalga oshirish: 2018 yil oktyabr oyining oxirigacha.
Topshiriladigan xujjatlar ro’yxati:
- ariza namunaviy shakli;
- oxirgi 2 o’quv yili natijalarining urtacha balli;
- rezyume;
- motivatsion xat;
- nazarda tutilgan ilmiy faoliyat (dissertatsiya yoki diplom ishlari) yo’nalishi va uning mamlakatimiz madaniyati va san’ati rivojlanishidagi axamiyati to’g’risidagi esse;
- o’qituvchi (ish beruvchi, agar mavjud bo’lsa) tomonidan berilgan tavsiyanoma;
- ilmiy adabiyotlar nusxasi (agar mavjud bo’lsa);
- chet tili bilimlari haqidagi, turli talim dasturlari va treyninglarda ishtiroki xaqidagi sertifikatlar (agar mavjud bo’lsa).
Stipendiya tanlovida ishtirok etish shartlari:
- tanlov ishtirokchilari bir vaqtning o’zida bir nechta stipendiya dasturlari g’olibi bo’la olmaydilar;
- stipendiya to’lovi tanlov g’olibi taxsil oladigan OTM xisob raqamiga bir o’quv yili shartnomasi miqdoridagi pul mabalag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi;
- stipendiya dasturi asosida bitirgan talabalar va imtiyozli (bakalavr/magistr) darajasiga ega bo’lganlar, uch oy muddatida fondning stipendiya qo’mitasining qaroriga asosan madaniyat va san’atning ustuvor sohalarida, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimidagi muassasalarda bir yil mobaynida ish bilan ta’minlanadi.