2018 yilning 11-21 iyun kunlari Toshketnda “Ijodiy sanoatni boshqarish” yozgi maktabi tashkil etiladi. Dasturga madaniyat muassasalari va ijodiy sanoatning boshqa yo'nalishlarini boshqarishning iqtisodiy, tashkiliy va professional bo’limlarini o’z ichiga olgan.
Yozgi maktab tashkilotchilari - Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) va O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish Jamg’armasi etib belgilandi.
Yozgi maktab - ijodiy sanoat sohasida nazariy va amaliy bilimlar asoslarini shakllantirishga qaratilgan loyiha. Dastur madaniyat muassasalari va ijodiy sanoatning boshqa yo'nalishlarini boshqarishning iqtisodiy, tashkiliy va kasbiy jihatlarini va san'at sohasi marketingi, mozeylar, teatrlar, kino sanoati va turizm sohasida boshqarish kabi masalalarni qamrab oladi.
Yozgi maktabda TXVU, O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari ta’lim olishadi.
Yozgi o'quv kurslarida nafaqat universitet o'qituvchilari, balki taklif etilgan mutaxassislar, tadbirkorlar, madaniyat xodimlari va san'atkorlar ham o'z tajribalarini talabalar bilan baham ko'rishlari mumkin.
Yozgi maktab doirasida, Ozbekistonda Xizmat Ko’rsatgan san’at arbobi rajissyor Zulfiqor Musoqov va “Focus” san’at maktabi bazasi asosida master-kalsslar o’tkaziladi.
Bundan tashqari, ingliz kinoshunoslik olimi , Aberistuit universiteti (Buyuk Britaniya) professori, bir necha rus kinolari tarixi haqida kitoblar muallifi Birgit Boymers film sohasida ishlab chiqarish va sotish bo'yicha maslahatchi sifatida ishtirok etadi.
Dasturning maqsadi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga, ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga, ijodiy sohani boshqarishdagi professional ko'nikmalarga ega bo'lishga ko'maklashadigan ixtiyoriy tashabbuslarni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
Xususan, dastur qatnashchilarni ijodiy tadbirkorlik, mozeylarning rivojlanish va faoliyatining zamonaviy modellari bilan tanishtiradi. Kursda madaniyat va san'at sohasidagi boshqaruv asoslari va ularning keng jamoatchilik nuqtai nazaridan joylashuvi ko'rib chiqiladi.
Bundan tashqari, ijodiy soha boshqaruvchisining professional vazifalari - bozor ishtirokchilari bilan o'zaro munosabatlar, xavfni va imkoniyatlarni baholash, shuningdek, bozorni rivojlantirish va resurslarni jalb qilish bo'yicha marketing strategiyalariga alohida e'tibor beriladi.
Uzoq muddatli istiqbolda bu kurs respublikada ijodiy tadbirkorlikning kontseptsiyasini ishlab chiqishda birinchi qadamlardan biri bo'lib, qator yetakchi xorijiy mutaxassislar va sheriklar ishtirokidagi yirik loyiha uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Kelgusida WFCT da ijodiy sanoatni boshqarishda magistratura fakultetini ochish rejalashtirilgan.
"Ijodiy sanoatni boshqarish" yozgi maktabida o'qitish bepul asosda olib boriladi. Kurs natijalariga ko`ra, barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.
“Ijodiy sanoatni boshqarish” yozgi maktabida o’qish niyatida bo’lganlar www.wuit.oz saytida murojatnomalarini qoldirishlari mumkin.
Murojatnomalarni yuborish muddati 2018 yilning 20 mayiga qadar amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 2017 yil oktyabr oyida O'zbekistonda milliy madaniyat va san'atni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Zamonaviy san'at mozeyi "Garaj" - Mozey zamonaviy san'at va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan Rossiyadagi ilk xayriya tashkiloti. Mozey tomonidan namoyish etiladigan ko'rgazma, o'quv, ilmiy va nashriyot faoliyatining keng ko'lamli dasturi rus va xalqaro madaniyatda yoz berayotgan hozirgi jarayonlarni aks ettiradi va ommaviy muloqot, yangi ijodiy loyihalar va ularning tanqidiy fikrlashlarini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Ushbu faoliyat markazi 1950-yildan hozirgi kungacha zamonaviy rus san'ati tarixiga bag'ishlangan mamlakat arxividagi birinchi mozey.
2014 yilning 1 may sanasida “Garaj” Zamonaviy Madaniyat Markazi Zamonavi Madaniyat Mozeyi maqomi berildi. 2015 yilning 12 iyun kuni “Garaj” Mozeyi o’zining ilk va doimiy binosini Gorkiy Hiyobonida ochdi.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi hozuridagi
Madaniyat va san’atni rivojlantirish Jamg’armasi matbuot hizmati