I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi – bu sahro qoʻynidagi sanʼat vohasi.
Muzey kolleksiyasida yuz mingdan ortiq muzey buyumlari, shu jumladan dunyodagi eng yirik rus avangard kolleksiyalaridan biri mavjud. Uning noyob kolleksiyasi O‘zbekiston faxri bo‘lib, butun dunyodan mutaxassislar va san’at ixlosmandlarini o‘ziga tortadi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Scala Arts & Heritage Publishers hamkorligida muzey kolleksiyasining asosiy buyumlariga bag‘ishlangan yangi badiiy nashrni taqdim etmoqda. Kitobda muzeyning beqiyos ahamiyati va I.V. Savitskiy butun dunyo san’atidagi roli ta’kidlangan.
Kitob o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida “Collection Highlights” dunyoning eng yaxshi jahon kitob kolleksiyasi turkumida nashr qilinmoqda.
Nashir akademik izohlar ila boyitilgan bo‘lib, keng jamoatchilik uchun ham tushunarli. Kitobda O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi, san’at sohasidagi yutuqlari ochib berilgan.
Umid qilamizki, ushbu nashr nafaqat muzey tarixini o‘rganish, balki Nukusning betakror xazina durdonalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lgan yangi san’at ixlosmandlarining yetishib chiqishiga sabab bo‘ladi.