Kuni kecha O'zbekiston davlat amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi muzeyida "Sharoit Plus" nogironlar jamoat birlashmasi ko'magida respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan muzey xodimlari uchun "Nogironlik sharoitida tenglik" mavzusidagi seminar bo'lib o'tdi.
Ma'ruzachi sifatida "Sharoit Plus" rahbari Muhabbat Rahimova so'zga chiqdi. Tadbirning interaktiv formati nogironligi bor shaxslarning madaniyat mussasalariga kirishdagi muammolarini yaxshiroq o'rganishga yordam berdi.