Studiyalar Samarkand Half Marathon 2020 da yig'ilgan mablag'lar natijasi bo'ladi.
Biz autizmga chalingan bolalarni sotsializatsiyasi va ijodiy abilitatsiyasiga yordam beradigan mashg'ulotlar uchun qulay sharoitlar yaratib beradigan me'morni qidirmoqdamiz, shuningdek, bunday tashabbus yosh mutaxassislarga katta loyihada o'z kuchlarini sinab ko'rishlari va o'zlarini tanitishlari uchun imkoniyat yaratadi deb ishonamiz.
Taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati:
Open Call-da ishtirok etish uchun ariza (Jamg'arma veb-saytida to'ldirish uchun havolasi keltirilgan);
tegishli yo'nalish bo’yicha ta'lim muassasasini tugatganligi to'g'risidagi diplom nusxasi yoki tegishli yo'nalish bo'yicha yakuniy kursda tahsil olayotganligi haqida ma'lumotnoma;
amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmagan loyihalarni o’z ichiga olgan portfolio (ularning holati belgilangan bo’lishi kerak).
Open Callning 1-bosqichidan o'tgan ishtirokchilar ikki hafta muddatda quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda ajratilgan maydon dizaynning dastlabki konsepsiya loyihasini elektron ko'rinishini taqdim etadilar:
- maydon ASB bilan kasallangan bolalar uchun mo'ljallanadi;
- maydon ikki, teng bo'lmagan zonalarga bo'linadi: dam olish va ish zonalari;
- dam olish zonasi divan va 4-5 ta bingbeglar bilan jihozlanadi;
- ish maydonini loyihalashtirishda, kerak bo'lgan hollarda o’zgartirishlar kiritilishi mumkin bo’lgan, kichik maydonlarga, masalan, stol va stullar bilan jihozlangan ish joyi, fotosurat va kichik sahna ko’rinishidagi maydonlarga ajratilishi, shuningdek, inventarlarni saqlash uchun o'rnatilgan keng shkaflar qo'yilishi inobatga olinishi kerak;
- ijodiy ustaxonaning hajmi undan bir vaqtning o'zida 10 kishi foydalanishiga mo’ljallanishi kerak;
- "Isitish, shamollatish va havoni tozalash" KMK 2.04.05-91 talablariga mos ravishda isitish, shamollatish va havoni tozalash tizimini ta’minlash;
- KMK 2.04.01-98 talablariga muvofiq ichimlik suvi, sanoat va yong'inga qarshi suv ta'minoti manbaini ta’minlash;
- - me'yoriy talablarga muvofiq, bolalar foydalanishi va yong'in xavfsizligini hisobga olgan holda elektr ta'minoti manbalarini o’rnatish;
- mehnat xavfsizligi va mehnat gigienasini ta'minlash uchun SanQvaMning 0283-10ning "Tashkilot va mehnat sharoitlari" bo'limining asosiy talablarini aks ettirish;
- nogironlar va aholining kam harakatlanadigan guruhlarining yashash sharoitlarini ta'minlash bo'yicha talablarning bajarilishi SHNK 2.07.02-07;
Ushbu studiyaning faoliyati kunduzi amalga oshiriladi va o'qituvchilar, murabbiylar, volontyorlar va ASB bilan kasallangan bolalarning ota-onalari tomonidan nazorat qilinadi.
ASB bilan kasallangan bolalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, bezovta qiluvchi vositalardan saqlanish uchun ichki maydon uchun minimalistik echim topish kerak.
Ekspertlar komissiyasi uchun dizaynning dastlabki konsepsiyasi elektron shaklda taqdimot qilinadi.
Ochiq tanlov natijalari bo'yicha g'olib bilan dizayn loyihasini ishlab chiqish bo’yicha 10 000 000 so'mlik shartnoma imzolanadi. Loyiha, avval e'lon qilinganidek, Samarqand xalqaro xayriya yarim marafonidan tushgan mablag'laridan amalga oshiriladi.
Arizani ushbu havola orqali taqdim etish mumkin:
https://forms.gle/65dobEtnKDWZYnVaA
Arizalar 2020 yil 1 fevralgacha qabul qilinqdi.