Ikki tashkilot o'rtasidagi ishlar madaniyat sohasida ta'lim olish, mutaxassislar malakasini oshirish va yo'qolgan san'at asarlarini O'zbekistonga qaytarish bo'yicha masalalarga qaratiladi.
Ushbu Memorandumdan ko'zlangan maqsad-hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va tomonlarning uzoq muddatli, samarali va o'zaro manfaatli hamkorligini rivojlantirishdan iborat.