Rossiyalik aktrisa, "Reakomp" Butunrossiya ko‘zi ojizlar jamiyatining professional reabilitatsiya va kadrlar tayyorlash instituti bitiruvchisi, yuqori toifadagi tiflosharhlovchi Irina Bezrukova O‘zbekistonga tashrif buyurib, ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati zaif insonlar uchun bir nechta spektakllarga tiflosharhlovchilik qiladi.
Xohlovchilar 19-24 fevral kunlari Ilhom teatrida "Oltin ajdaho", O'zbekiston yoshlar teatrida "Bu men, Edit Piaf", O'zbekiston Davlat qo'g'irchoq teatrida "Masha buvi bo‘g‘irsoqni qanday pishirgan" va Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida "Oqqush ko‘li" baleti kabi spektakllarga tashrif buyurishlari mumkin.
Bolalar uchun mo‘ljallangan spektakllar "Ko‘ngil ko‘zi" loyihasi ko‘magida namoyish etiladi.