Bolgariyada bo'lib o'tgan Xalqaro folklor festivalida O'zbekiston Ansambli Gran-pri sohibi bo'ldi.

O‘qish vaqti: 2 min.

2018 yilning 23 avgustidan 3 sentabrga qadar Bolgariya Respublikasida "World Folk " nomli xalqaro folklor chempionati bo'lib o'tdi, unda 72 ta davlatdan 98ta jamoa ishtirok etdi. Ushbu festival Evropa Folklor Festivallari federatsiyasi hamda UNESCO tomonidan tashkil etilgan bo'lib uning maqsadlaridan biri an'anaviy xalq san'atini ommalashtirishdir.



“Maqom” ansambli O’zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etdi. Ansamblning tashrifi Madaniyat Vazirligi hozuridagi Madaniyat va san'atni rivojlanitirish jamg'armasi hamda Toshkent viloyati Hokimiyati tomonidan tashkil etildi.



Ansambl O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti Soyibjon Niyazov boshchiligida hamda tarkibida 20ta cholg'u ustalari va ijrochilar bilan birgalikda 6 ta bosqich natijalari boyicha Gran-Pri sohibiga aylandi va orzu qilingan “Oltin Orfeyni” qo’lga kiritishdi.


Shu bilan birga qo’lga kiritilgan birinchi o’rin qatnashchilarga chempionatning Oltin medali va 2018 yilning folklor yo’nalishi bo’yicha mutlaqo Jahon G’olibi bo’lishdi.