30 mart kuni soat 19:00 da "Oʻzbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida xalqaro mukofotlar laureati, Missuri shtatidagi (AQSh) "Park" universiteti Musiqa markazining rezidenti pianinochi Behzod Abduraimovning xayriya konsert dasturi boʻlib oʻtadi.

O‘qish vaqti: 1 min.

Behzod Abduraimov - zamonamizning eng yosh talabgor pianinochilaridan biri. U Nyu-Yorkning Karnegi Xoll deb nomlangan asosiy konsert zalida Shopen, Debyussi va Mussorgskiylarning asarlari bilan oʻz chiqishlarini oʻtkazgan. Musiqachi, Valeriy Gergiyev, Vladimir Ashkenazi, Lorenzo Viotti, Jeyms Gaffigan va Santu-Matias Ruvali kabi davrimizning yetakchi dirijyorlari bilan birgalikda faoliyat yuritgan.

Taklifnomalarning 70% musiqa maktablari va konservatoriya talabalari, bitiruvchilari va oʻqituvchilari uchun taqdim etiladi.

Behzod Abduraimov ijrosidagi dasturni barcha xohlovchilar tinglash imkoniga ega boʻlishlari uchun chiptalarning 30% sotuvga chiqariladi. Ularni iTicket.uz veb-saytidan sotib olishingiz mumkin.

Talabalar, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun chiptalarga 30% lik chegirma mavjud.

Konsert dasturi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat filarmoniyasi koʻmagida tashkil etilmoqda.